Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda

img

Samarqand davlat universitetining nufuzli xorijiy universitetlar bilan aloqalari tobora kengayib bormoqda. Shu maqsadda universitet prorektori A. Soleyev aprel oyi boshida Koreya Respublikasida safarda bo‘ldi va Guyonchju shahridagi Dongkuk hamda Seul shahridagi Gachon universitetlari rahbariyati bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvlarda mezbonlarga Samarqand davlat universiteti haqida to‘liq ma’lumot berildi va hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Memorandumga ko‘ra joriy yilning may-iyun oylarida Dongkuk universiteti professorlari SamDUga tashrif buyurib, ma’ruzalar o‘qiydilar. Iyun-avgust oylarida esa SamDU o‘qituvchilari (maktabgacha ta’lim kafedrasi) Dongkuk universitetiga ikki oylik stajirovkaga yuboriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur universitetlar bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashuvi, birgalikda ilmiy konferensiyalar o‘tkazish, ilmiy maqolalarni chop etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi masalalar ham ko‘zda tutilgan.