Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi

img

2018 yil 13 aprel kuni Samarqand shahrida «Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi» mavzusida Xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiya O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’aniyevich Karimovning O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi va uni barqaror rivojlanish yo’lidagi ulkan tarixiy hizmatlarini inobatga olgan xolda, shuningdek uning xotirasini abadiylashtirish ishlarini davom ettirish maqsadida tashkil qilindi.

Konferensiya O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi, Samarqand davlat universiteti shuningdek Samarqand viloyati hokimiyati tomonidan o’tkazildi.

Konferensiya yalpi majlisida O’zR FA akademigi B.S. Yuldashev (O’zR FA prezidenti), T.A. Karimova (Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi ta’sischisi), Qozog’iston-nemis universiteti bo’lim boshlig’i Raushan Serik (Qozog’iston), Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbari T.Sh. Shirinov, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali Ahmedov kabi yirik fan va jamoat arboblari ishtirok etishdi.

Konferensiya ishi ikki sho’bada tashkil qilindi. «O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritilishi va mustahkamlanishida Islom Karimovning o’rni» deb nomlangan birinchi sho’bada I.A.Karimovning mamlakat taraqqiyotidagi ijtimoiy-iqtisodiy (N.Jo’rayev, S.Rizayev), siyosiy (X.Yunusova, Sh.Salimov), madaniy (V.Kuchkarov, M.Kuronov) roli kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, sho’ba ishida B.A.Abduxalimov (UzR FA vise-prezidenti), Lyu Tao (Konfusiy instituti direktori), Ch.U. Koychumanova (Qirg’iziston) singari taniqli tadqiqotchilar va boshqalar qatnashdi.

Ikkinchi sho’ba «O’zbekistonning xalqaro aloqalarini rivojlantirishda Islom Karimovning hissasi» deb nomlanib, unda qatnashchilar O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasi (Sun Don Gi, Li Yu Mi), Tojikiston (A. G’afurov), Fransiya (Yu.Kushanova) o’rtasidagi madaniyat va ta’lim sohasidagi aloqalarini, Islom Karimovning Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga qo’shgan hissasi (S. Adilxodjayeva, M. Raximov) va O’zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalariga oid boshqa ma’ruzalar muhokama qilindi.

Tadbir doirasida Islom Karimov Xotira majmuasiga tashrif buyurildi va gullar qo’yildi, shuningdek qadimiy Samarqand shahri bo’ylab sayohat uyushtirildi.