Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ota-onalar yig‘ilishi 

img

2018-yil 14-aprel kuni Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti talabalarining ota-onalari bilan fakultet jamoasining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 
Unda fakultet professor-o‘qituvchilari, guruh murabbiylari hamda 1-bosqich talabalarining 108 nafar ota-onalari qatnashdilar. Tadbirda fakultetining o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyati, talabalarning bilimi, baholashning reyting tizimi hamda talabalarining fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichilari, tartib-intizomi, tarbiyasi, darslarga qatnashishi haqida gaplashib olindi. Ota-onalar taklif va mulohazalar bildirdi.