Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Veteran” jangchi-faxriylar bilan uchrashuv

img

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2017-yil 28-oktyabrda tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining harbiy qismlar bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va o‘zaro hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 16-aprel kuni Samarqand davlat universiteti majlislar zalida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi bilan hamkorlikda “Jasorat” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda “Vatanparvar fidoyilar” jamoasi direktori J. Gulyamov, Samarqand viloyat jangchi faxriy va nogironlar bo‘limi rais muovuni H. Ibragimov, Filologiya fakulteti Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi f.f.n. U. Qobilovlar so‘zga chiqdi hamda ishtirokchilarga vatanparvarlik, fidoyilik vatanga muhabbat, shukronalik tuyg‘ulari haqida ma’ruza qildilar. Tadbirda “Unutilmagan qahramonlar” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida “Vatanparvar fidoyilar” ansambli tomonidan konsert dasturi tashkil qilindi.