Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

On-line ilmiy uchrashuv: Samarqand – Qozon

img

2018-yil 14-aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 12.00. da Samarqand davlat universiteti (SamDU) va Qozon federal universitetining Naberejnie Chelni filiali (QFU NChF) olimlari tomonidan navbatdagi vebinar o‘tkazildi. Vebinarda ikki tomondan ham, asosan, SamDU «Mumtoz adabiyot tarixi», «Psixologiya», «Falsafa» va QFU NChF «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedralarining professor-o‘qituvchilari, shuningdek, rasmiy din vakillari, magistrantlar va talabalar ishtirok etishdi. Vebinar mavzusi «Islom tamadduni va zamonaviy dunyo xavfsizligi» («Исламская цивилизация и духовная безопасность в современном мире”) deb belgilandi. Kun tartibi bo‘yicha quyidagi ma’ruzalar tinglandi:
I. Kirish so‘zi. QFU NChF «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor Askar Gafiyatullovich Xayrullin. 
II. “Islom: cheksiz fan – O‘rta asr ilmiy renessansi” («Ислам: наука без границ – средневековый научный ренессанс»). Filologiya fanlari doktori, professor Djamilya Nasixovna Mustafina. QFU NChF.
III. «Diniy ma’rifat va milliy xavfsizlik» («Религиозное образование и национальная безопасность»). Sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent Liliya Robertovna Murtazina. QFU NChF.
IV. «Alisher Navoiy nasrida islom ma’rifati in’ikosi» («Отражение исламской духовности в прозе Алишера Навои»). Filologiya fanlari doktori, professor Dilorom Isomiddinqizi Salohiy. SamDU.
V. «Global muammo sifatida jamiyat xavfsizligida diniy bag‘rikenglikning o‘rni» («Место религиозной толерантности в общественной безопасности, как глобальной проблемы”). Rus filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi Daler Utkurovich Babayev. SamDU.
Kirish so‘zidan so‘ng dasturdan tashqari Samarqand shahar Ruhobod masjdi imom xatibi Tulkin Xoji Amirov buborada o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Vebinarda muhokamalar davomida quyidagi masalalar yoritildi:
1. Islom tamadduninin o‘ziga xos xususiyatlari qanaqa? Ulardan jamiyat taraqqiyoti uchun qanday foydalanish mumkin?
2. Davlat va jamiyat tomonidan islom madaniyati rivoji uchun yana qanday ishlar qilinishi lozim?
3. Islom dinini ilmiy o‘rganishdagi, uning asl mohiyatini omma tomonidan noto‘g‘ri anglanishidagi qanday muammolar «Islom radikalizmi», «Diniy fundamentalizm», «Islomterrorizmi» vah.k. tushunchalarni yuzaga keltirgan? Islom dinini odamlar ongida salbiylashtirish va, aksincha, ideallashtirishdan qanday chiqish mumkin?
4. Doktorlik dissertatsiyalarini ishlashda qaysi mavzular dolzarb? Biz buborada qaysi ilmiy muammolarni tadqiq etishimiz lozim?
Vebinarda Naberejnie Chelni musulmonlar masjidi Hazrati o‘z so‘zi bilan ishtirok etdi.
Vebinarda ikkitomonlama bo‘lajak ilmiy aloqalar masalalari kelishib olindi. Shuningdek, may oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi vebinar mavzusi bo‘yicha takliflar berildi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi