Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Xotira – mangudir, qadr – muqaddas

img

Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev taklifi va shaxsiy tashabbusi bilan yurtimizning barcha go‘shalarida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va front ortidagi mehnat faxriylarining holidan xabar olinib, ularga alohida hurmat-e’tibor ko‘rsatilmoqda. 
4 may kuni Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining bir guruhi universitet rektori, professor R. I. Xalmuradov boshchiligida uzoq yillar davomida SamDUda faoliyat ko‘rsatgan, hozirda nafaqadagi urush qatnashchilari Rashid Rahmonov hamda Seit Asanovlar xonadoniga tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan yurtdoshlarimizning qahramonliklari esga olindi, bugungi tinch va dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligi xususida so‘z bordi. 
Shundan so‘ng har ikki urush qatnashchilariga Prezidentimizning maxsus sovg‘alari – 5 million so‘mdan pul hamda Shveysariyada ishlab chiqarilgan qo‘l soatlari taqdim etildi. 

Talabalar esa, tabarruk yoshga yetgan ustozlari yashaydigan hovli va uning atrofini tartibga keltirib, obodonlashtirdilar.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi