Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Zamonamiz qahramonlari-millatimiz faxri

img

Joriy yilning 4 may kuni universitet faollar zalida universitet xotin-qizlar qo‘mitasi hamda tarix fakulteti hamkorligida 9 may –Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Zamonamiz qahramonlari-millatimiz faxri” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni SamDU ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.A.Eshtayev kirish so‘zi bilan ochdi. Unda universitet professori M.D.Djurakulov, Samarqand shaxar “Nuroniy ”jamg‘armasining boshlig‘i, “Mexnat faxriysi” O.Niyozova, universitet dotsenti, baynalminal jangchi U.Qobilov, harbiy kafedra boshlig‘i, podpolkovnik Sh. Yorqulovlar ikkinchi jahon urushi tarixi to‘g‘risida yosh avlodga so‘zlab berishdi. 

Xotin-qizlar qo'mitasi raisi Sh. Tuxliyeva tomonidan o'qilgan bayramga bag'ishlangan she'rlar tadbirga yanada ko'tarinki ruh bag'ishladi.

 

I.M.Qurbonboyev. Tarix fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari