Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Xotira - muqaddas, qadr - abadiy

img

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand davlat universitetida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bayram arafasida 181 nafar universitetda uzoq yillar samarali mehnat qilgan marhum ustozlarni xotirlab ularning oila a’zolariga, shuningdek 155 nafar bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan faxriy ustozlarga bayram tabriklari yetkazildi.

Urush qatnashchilari, front orti hamda mehnat faxriylari universitet ma’muriyati tomonidan pul mukofotlari, kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 
2018 yil 7 may kuni bayram munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti hamda mehnat faxriylari ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘ ekanligi, o‘tganlarni, ularni xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilat ekanligi haqida gapirdilar.