Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Xotira-mangu, qadr-abadiy

img

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand davlat universitetida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bayram arafasida universitetning jismoniy madaniyat fakultetida uzoq yillar samarali mehnat qilgan marhum ustozlar va talaba Nurbek Safarov xotirasiga bag‘ishlab futbol musabaqasi o‘tkazildi. Xotira tadbirida ularning oila a’zolari, shuningdek Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari qatnashishdi.
Ushbu “Xotira-mangu, qadr abadiy” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘ ekanligi, o‘tganlarni, ularni xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilat ekanligi haqida gapirdilar.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi