Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Inson xotirasi – abadiy, qadri - muqaddas

img

Geografiya va ekologiya fakulteti talabalari tashabbusi bilan Samarqand shahar “Keksalar va nogironlar internat uyi” da 9 - may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisi H.To‘xtayev, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Ravshanov, guruh murabbiylari R.Mamajonov, O‘.Badalov, Sh. Valiyeva, fakultet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari va iqtidorli talabalar keksa otaxon va onaxonlarni tabriklab, badiiy – musiqiy chiqishlari bilan ularni dillarini xushnud qildilar. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini esdalik sovg‘alarini topshirishdi.