Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat asosi

img

Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakultetida 15-may – xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan “Ona va bola salomatligi – jamiyat kelajagi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i Z. Shodiyeva, Samarqand shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Rahmonova, Ruhobod masjidi imom-xatibi T. Amirov, ekologiya kafedrasi professori M. Abduraximov oilaning jamiyatda tutgan o‘rni va sog‘lom avlod tarbiyasi xususidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. 
Davra suhbatida ro‘zg‘or tutish borasida uzoq yillik tajribaga ega universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Sh. To‘xliyeva talabalarga oilani mustahkamlash borasida maslahat va tavsiyalar berdi. 

Tadbir ishtirokchilari talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdilar.