Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Yaponiyaning Aichi universitetidan delegatsiya

img

Yaponiyaning Aichi prefekturasi universitetlari korporatsiyasi boshqaruv raisi boshchiligidagi Aichi san’at universiteti delegatsiyasi 2018 yil 14 may kuni Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi. 
Bu loyiha 2017 yilda boshlangan edi va o‘tgan bir yil davomida K.Shibazaki o‘ziilmiy tadqiqot natijalarinizalda to‘plangan o‘qituvchi, aspirant, magistrant va talabalarga namoyish etdi. Ma’ruzada K.Shibazaki O‘zbekistonda saqlanayotgan qadimiy qog‘ozlar, xususan Samarqand qog‘ozini tarkibini aniqlashda Yaponiyaning zamonaviy asboblaridan foydalanib aniqlanganligi, uning Xitoy qadimiy qog‘ozlardan farqli xususiyatlari va tayyorlanish texnologiyalari to‘g‘risida ma’ruza qildi. Samarqand davlat universiteti tarix fakultetinig tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasining katta o‘qituvchisi M.J.Buzrukov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Dasturning ikkinchi qismi Jomiy kutubxonasida bo‘lib o‘tdi, mehmonlar u yerdagi qadimiy qo‘lyozma va kitoblar bilan tanishdilar. Tashrif so‘ngida ikkitomonlama shartnoma imzolandi va kelgusi rejalar haqida fikr almashinildi.