Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Granadaga tashrif

img

Erasmus+ International Credit Mobility loyihasi doirasida universitetimizning ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Hakim Hushvaqtov va amaliy matematika va informatika fakulteti dekani Akmal Axatovlar Ispaniyaning dunyoda mashhur bo’lgan Granada universitetiga tashrifni amalga oshirishdi. 

Tashrifda vomidaular Granada Universiteti halqaro aloqalar bo’limi tomonidan tashkil etilgan XI Staff Training Week (7-11 may 2018 yil) rahbar kadrlar malakasini oshirish kurslarida ishtirok etishdi.
Malaka oshirish kursida «Ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash» va «Axborot texnologiyalari» yo’nalishlari bo’yicha seminarlar o’tkazildi va ularda halqaro grantlar, bilim va texnologiyalar transferi, jamiyatni axborotlashtirish bo’yicha tadqiqot laboratoriyalari, universitet ma’lumotlar bazasini boshqarish va ma’muriylashtirish, electron hukumat xizmatlari, telekommunikatsiya servislarini tashkil qilish masala va vazifalari muhokama qilindi.

Tashrif natijalari bo’yicha ta’lim yo’nalishlari uchun hamkorlikda o’quv dasturlari ishlab chiqishga, SamDU va Granada Universiteti o’rtalarida talabalar va o’qituvchilar almashinuvini amalga oshirishga, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish va doktorlik dissertatsiyalarni ikkala universitet olimlari rahbarligida tayorlash bo’yicha kelishuvlarga erishildi. 

Xalqaro aloqalar bo'limi