Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

«Matematikada yangi natijalar va ularning tatbiqlari» mavzusida konferensiya o‘tkazildi

img

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi” ijrosi yuzasidan 2018 yil 14-15 may kunlari Samarqand davlat universitetida “Matematikada yangi natijalar va ularning tatbiqlari” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanni tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, Samarqand davlat universiteti “Matematik fizika va funksional analiz” kafedrasi mudiri, professor, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Saydaxmat Norjigitovich Laqayevning “Yo‘l xaritasi”da amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar sifatida belgilangan. 
Konferensiyada Respublikamizning 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida matematikaning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli talabalar, magistrantlar, ilmiy-tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va akademiklar “Matematik analiz”, “Xususiy hosilali differensial tenglamalar”, “Zamonaviy matematik fizika”, “Ehtimollar nazariyasi va uning tatbiqlari”, “Algebra va funksional analiz”, “Matematika va informatikani o‘qitish metodikasi” kabi sho‘’balarda ma’ruzalar tinglandi.