Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Tilshunos olim yodga olindi

img

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi tashabbusi bilan tilshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rasatgan xalq ta’limi xodimi, professor Hamdam Berdiyorov tavalludining yuz yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda talaba va magistrantlar ishtirok etgan tadbirni universitet ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, dotsent H.Xushvaqtov olib bordi. Tadbirda professor S.Karimov, o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri A.Pardayev, magistrant B.Xolmuxamedovlar professor H.Berdiyorovning ilmiy-pedagogik faoliyati, o‘zbek tilshunosligi fani yo‘nalishida olib borgan yirik tadqiqotlarining ahamiyati haqida ma’ruza qilishdi. 
H.Berdiyorovning hamkasblari va shogirdlari uning ilmiy tadqiqotlarini puxta o‘rganib qator ilmiy izlanishlar olib borgan izdoshlari olimning talabchan murabbiy bo‘lganligi, maorif sohasidagi xizmatlari o‘zbek tilshunosligiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etdilar. Insoniy xislatlari va g‘amxo‘rliklari yodga olindi. Olim xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar ma’naviyat soatlarida davom ettirildi.