Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Astronomiya va astrofizika fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasi o‘tkazildi

img

2018 yil 15-17 may kunlari Samarqand davlat universiteti fizika fakultetida “Astronomiya va astrofizika” fanidan Respublika talabalar olimpiadasining II bosqichi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Milliy universiteti, Andijon davlat universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Urganch davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Termiz davlat universiteti, Samarqand davlat universitetidan talabalar ishtirok etdi.

1-o’rinni Navoiy davlat pedagogika instituti, 2-o’rinni Urganch davlat universiteti, 3-o’rinni Samarqand davlat universiteti talabalari egalladi. Faxrli o’rin sohiblari va barcha ishtirokchilarga SamDU rektorining qimmatbaho sovg’alari topshirildi.

A.Norqulov. Fizika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari