Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Erta nikoh va uning salbiy oqibatlari

img

2018 yil 28 may kuni Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakultetida “Erta nikoh va uning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Alisher Eshtayev,  universitet professori F.Nabiyev, Samarqand shahar 2-son FXDYO bo‘limi mudiri Zamira Axmedova, Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy tadqiqot instituti xodimi Dilshoda Normatova, Samarqand shaxar xotin-qizlar kengashi a’zosi Hakima G‘ulomova, SamDU xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sharofat To‘xliyeva hamda mexanika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda ma’ruzachilar “Oilani mustahkamlashda ma’naviyatning roli”, “Oilaviy ajrimlarni oldini olish”, “Sog‘lom turmush tarzi”, “Erta nikoh va uning salbiy oqibatlari” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan ma’ruzachilarga mavzu yuzasidan  savollar berishdi va javoblar olishdi.