Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Kitobsevarlar bayrami

img

Mamlakatimizda o`tkazilgan “Kitobsevarlar bayrami” doirasida Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakultetida talabalar o`rtasida “Eng diqqatli o`quvchi” ko`rik tanlovi bo`lib o`tdi.

Tanlov ishtirokchilari rus klassiklari asarlarini qanchalik yaxshi bilishlarini namoyon qildilar. Magistrantlar “Rus yozuvchilari” mavzusida taqdimot o`tkazdilar.

Tanlov g`oliblari esdalik sovg`alari sifatida rus va o`zbek yozuvchilarining kitoblarini qo`lga kiritdilar.