Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Universitetlar o’rtasida samarali hamkorlik o’rnatiladi

img

Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandga sayyoh sifatida tashrif buyurgan Hindistonning Haydarabod shahridagi Ingliz va xorijiy tillar universitetining bir guruh professor-o’qituvchilari Samarqand davlat universitetida bo’lib, Arxeologiya va Zoologiya muzeylari hamda issiqxona bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, mehmonlar Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor M. Nosirov bilan uchrashuv chog’ida Ingliz tili kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda Hindistonning Ingliz va xorijiy tillar universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatishga kelishib oldilar.

M.Boboxonov