Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!

img

2018-yil 4-iyun kuni Samarqand shahar konsert zalida Samarqand viloyat hokimi Djurayev Turobjon Ikramovich, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Mirzaaxmedov Ulug‘bek Mirhaydarovich, Samarqand viloyat prokurori Zufarov Farhod Muxammedjanovich, Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Botirov Salohiddinxon Botirovich, Samarqand viloyat bosh imom xatibi Eshonqulov Zayniddin Sadriddinovich ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi.

Tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, barcha prorektorlar, fakultetlar dekanlari, dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etishdi.