Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Yagonasan, muqaddas Vatan! 

img

2018-yil 7-iyun kuni Samarqand davlat universiteti kasbiy talim fakultetining faollar zalida «Yagonasan, muqaddas Vatan!» ko‘rik-tanlovining ikkinchi (Samarqand viloyat oliy ta’lim muassasalariaro) bosqichi tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlovning ikkinchi bosqichida o‘z ta’lim muassasalarida g‘olib deb topilgan Samarqand davlat universiteti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti hamda Samarqand davlat tibbiyot instituti badiiy jamoalari va yakka ijrochilari qatnashdi.
Ko‘rik-tanlovda Samarqand davlat universiteti “Guldasta” vokal guruhi (yakkaxon 4-kurs talabasi Sardor Abduvohidov, 2-kurs talabasi Temirova Mavluda) “Vatan yagonasan!” qo‘shig‘i bilan 1-o‘rin, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 3–kurs talabasi Faxriddinov Xumoyun “Vatan” qushig‘i bilan 2-o‘rin, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti 3-kurs talabasi Masaridinov Farhod “Vatan” qo‘shig‘i bilan 3-o‘ringa munosib deb topildi.