Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Samarqand va Samara o’rtasidaga hamkorlik

img

Samarqand davlat universiteti delegasiyasi falsafa kafedrasi o’qituvchisi (PhD) Gulnoza Sultanova, doktorant Xusan Tuxtayev vamagistrant Nafisa Qayumova Samara davlat madaniyat instituti va Samara davlat universtitetida bo’lib, “Fan va ta’lim zamonaviy amaliyotda gumanitar bilim xalqaro integrasiyasi: "Самара и Самарканд" mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy proyektida ishtirok etdilar. Safar jarayonida talabalar, aspirantlar va professor o’qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy-nazariy seminarlar, ma’ruzalar va “Samarqand madaniy merosi” mavzusida taqdimot va yarmarka o’tkazildi.

Falsafa kafedrasi o’qituvchisi Gulnoza Sultanova “markaziy Osiyo allomalari ijodida tafakkur tarzi namunalari”, “Markaziy Osiyo falsafiy merosi va hozirgi zamon fani”, Xusen Tuxtayev esa “Samarqand ijodkor yoshlari” kabi mavzularda ma’ruzalar va master klasslar o’tkazishdi.

Hamkorlik natijasida Samara davlat universtitetida ikkita magistraturaga falsafa va ijtimoiy fanlar bo’yicha grant asosida o’rin va doktorlik dissertasiyalariga opponentlik, ilmiy rahbarlik va taqrizlar masalasi kelishildi.