Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Universitetida xalqaro fan olimpiadasi

img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2018-yil 19-23 iyun kunlari Samarqand shahrida ilk marotaba umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha birinchi Mirzo Ulug‘bek nomidagixalqaro olimpiada Samarqand davlat universitetida o‘tkazilmoqda. 
Olimpiadada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston davlatlari hamda Respublikamiz iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishmoqda. 
O‘quvchilar bilimi dunyoning taniqli xalqaro ekspertlari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining professor-o‘qituvchilari, yurtimizning tajribali olimlari, amaliyotchi o‘qituvchilardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. 

G‘oliblar tashkiliy qo‘mita tomonidan oltin, kumush, bronza medallari, diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Respublikamizdan ishtirok etgan olimpiada g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qaroriga muvofiq Respublika oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘ladi. Olimpiada ishtirokchilariga Samarqand shahrining diqqatga sazovor tarixiy obidalariga sayohatlar uyushtirish rejalashtirilgan.