Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Xalqaro olimpiada g‘oliblari taqdirlandi

img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2018 yil 19-23 iyun kunlari Samarqand shahrida ilk marotaba umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10 - 11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha Samarqand Davlat universitetida o‘tkazilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada yakunlandi.
Olimpiadada 58 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Olimpiada ishtirokchilari bilimini Yaponiya, Rossiya federatsiyasi, Belorussiya va O‘zbekistonlik hakamlar hay’ati baholab bordi. 
Fizika fani bo‘yicha Namangan davlat universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Umidjon Hafizov oltin medal bilan taqdirlandi. Ishtirokchi mamlakatlarning 4 nafar vakili kumush, 6 nafari bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.
Astronomiya fani bo‘yicha Qirg‘izistonlik Irыskeldi Anarbekov oltin medal, Qozog‘istonlik Amanqul Janibek kumush, Kenes Erjan va yurtdoshimiz Do‘stmamat Bozorqulov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Olimpiadada yurtimiz vakillari jami 6 ta, qozog‘istonliklar 5 ta, qirg‘izistonliklar 3 ta va turkmanistonliklar 1 ta medalga sazovor bo‘ldi.