Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Tojikistonlik fizik olimlar Samarqand davlat universitetida

img

2018 yilning 3-7 iyul kunlari Tojikiston Milliy universiteti fizika fakulteti prof. N.Mulloyev rahbarligida optika kafedrasi mudiri dots. Z.Islomov va ikki nafar ilmiy izlanuvchilar Samarqand davlat universiteti fizika fakultetining optika kafedrasida ilmiy safarda bo‘lishdi.
Bu ilmiy safardan asosiy maqsad Tojikiston Milliy universiteti hamda Samarqand davlat universitetlari o‘rtasida mavjud hamkorlik shartnomalari asosida birgalikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi hamda tojik tilida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv adabiyotlarini tayyorlashda fikir almashinildi.
Mehmonlarni dastlab universitet ilmiy ishlar va innovatsiya prorektori H.Xushvaqtov va universitet xalqaro aloqalar prorektori M.Nosirovlar qabul marosimi o‘tkazdilar. Shundan so‘ng mehmonlar optika kafedrasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishishdi hamda birgalikda ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. Shu bilan birgalikda tojikistonlik olimlar va optika kafedrasi xodimlari ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi. Shuningdek tojik guruhi talabalari uchun “Optika” fanidan hamkorlikda darslik chop etish rejalashtirildi va bu darslikka doir materiallar birgalikda muhokama qilindi.

Xalqaro aloqalar bo‘limi.