Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Eng arzon super-kontrakt 82 million 935 ming so‘m

img

Davlat qabul komissiyasining bayoni asosida jami 276 ta yo‘nalish bo‘yicha oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, eng arzon super-kontrakt miqdori 82 million 935 ming so‘m bo‘lib, 141 ta yo‘nalishda (51,1 foiz) abituriyentlar ayni shu miqdordagi super-kontraktni to‘lab talaba bo‘lishi mumkin. 

Eng qimmat super-kontrakt esa o‘tgan yildagidek huquq sohasi uchun belgilandi – 25 barobar! Bunga ko‘ra, yurist bo‘laman degan, lekin yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar birinchi yil uchun 276 million 450 ming so‘m to‘lab, talaba bo‘ladi. 

Shu kabi super-kontrakt uchun 276 ta yo‘nalishga jami 11 xil miqdordagi narxlar belgilandi. 

Eslatma: to‘plagan ballari to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul kvotalari chegarasiga 4 balldan ortiq ball yetmagan, biroq eng yuqori ballning 30 foizdan (56,7 ball) kam bo‘lmagan holda, o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar super-kontraktda o‘qishi mumkin. 

Super-kontrakt faqat birinchi yil uchun to‘lanadi (oddiy kontraktning summasi ham shuning ichida), keyingi yillarda oddiy kontrakt to‘lanadi. 

Manba:uza.uz