Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Qatag’on qurbonlari muzeyining ochilish marosimi

img

Tarix – kelajak uchun saboq maktabi bo’lib xizmat qiladi. O’tgan kunlarning dolg’ali yillarini teran idrok qilgan kishida bugungi saodatli damlarga shukronalik hissi tarkib topadi. Bunda esa tarix solnomalari, voqyealar va insonlar taqdiri haqida to’laqonli ma’lumot berguvchi manbaalar, muzeylar va boshqa shu kabi maskanlarning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Samarqand davlat universiteti tuzilmasida Qatag’on qurbonlari viloyat xotira muzeyining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilayotgan buning kabi maskanlar yoshlarimiz uchun o’z o’lkasining tarixini o’rganishi, o’tmishdoshlarining achchiq va alamli qismatidan voqif bo’lishi, mustaqilligimiz nimalar badaliga va  qanaqa yo’qotishlar evaziga qo’lga kiritilganini teran anglashlari uchun muhim manbaa bo’lishini ta’kidladilar. Bu esa ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishiga munosib hissa bo’lib qo’shilishini qayd etib o’tishdi.

Qatag’on qurboshlari xotira muzeyini tashkil etishda viloyat hokimligi, universitet rektorati hamda shu ishga moddiy va ma’naviy ko’mak ko’rsatgan kishilarning xizmatlari katta bo’ldi. Barcha bir yoqadan bosh chiqarib  ish olib borgani tufayli tashkiliy ishlar o’z vaqtida, talablar darajasida ado etildi. Muzey zallari kerakli eksponatlar, lavh va fotosuratlar bilan jihozlanishi barobarida, yo’llar asfaltlanib, yo’laklarning chekkalari anvoyi gullar ekib bezatildi. Marosimda so’zga chiqqanlar ana shular haqida ham to’xtalib o’tishdi.  

Ta’kidlandiki, bu joy xalqimizning, xususan yoshlarimizning hamisha borib turradigan qadamjosiga aylanishiga shak-shubha yo’q.  Zotan, o’tmish,  kelajak sari dadil odim otishga  mayoq bo’lib xizmat qiladi.