Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

SamDU “Bilimlar kuni”ni nishonladi

img

2018 yil 5 sentyabr kuni Samarqand davlat universiteti talabalari va professor-o'qituvchilari O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon O'zbekistonim!” degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan bayram tantanalari va “Bilimlar kuni”ni nishonladilar.

Tadbirda universitet rektori Rustam Xalmuradov so'zga chiqib, yurtimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi haqida so'z yuritdi, talabalar hamda professor-o'qituvchilarni yangi o'quv yilining boshlanishi bilan tabrikladi.

Shuningdek, bayram tadbirida universitet nuroniylar kengashi raisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, professor Mavlon Jo'raqulov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, professor Muslihiddin Muhiddinov va boshqalar so'zga chiqdilar.

Shu kuni universitetning barcha fakultet va bo'limlarida “Bilimlar kuni”ga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tdi.