Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Farzand uchun avvalo ota-ona mas’ul

img

Fizika fakultetida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan talabalarning ota-onalari va fakultet professor-o‘qituvchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Alisher Eshtaev so‘zga chiqib, ota-onalar o‘z farzandlarining dars mashg‘ulotlariga qatnashishi, kiyinishi, yurish-turishidan tortib, har xil buzg‘unchi kuchlarning ta’siriga tushmasdan qimmatli vaqtlarini bilim olishga sarflashlari uchun doimo mas’ul ekanliklarini ta’kidladi.

Tadbirda ota-onalarning boshqa majburiyatlari haqida ham so‘z bordi, turli kimsalarning aldovlariga uchib ekstremistik guruhlarga qo‘shilib ketgan va umri ayanchli yakun topgan ayrim yoshlar haqida hikoya qiluvchi “Hujradagi zulmat” hujjatli filmi namoyish etildi.

  A.Norqulov, dekan o’rinbosari