Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Samarqand davlat universiteti va Gannover universiteti o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

img

Samarqand davlat universiteti Kimyo fakultetida 2018 yil 11 sentyabr kuni oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish maqsadida Germaniyaning Leybnits nomidagi Gannover universiteti professori Holger Butenshoen o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma’ruza darslari “Aromatik birikmalarning d guruh metallari bilan kompleksi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Shuningdek, ma’ruzalarda talabalar bilan birgalikda Respublikamizning bir qator oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.