Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Matematik analiz va uning matematik fizikaga tadbiqi” Xalqaro konferensiyasi

img

2018-yil 17-sentyabr kuni Samarqand Davlat universiteti Bosh binosi majlislar zalida “Matematik analiz va uning matematik fizikaga tadbiqi” mavzusidagi Xalqaro konferensiyasi ochilishi bo‘lib o‘tdi. 
Konferensiyada Rossiya, AQSh, Yaponiya, Shvetsariya, Qozog‘iston, Malayziya davlatlaridan 20 nafar taniqli olimlar hamda Respublikamizning 15 dan ortiq ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlaridan 70 ga yaqin professor-o‘qituvchilar, olimlar, ilmiy xodimlar va doktorantlar qatnashishdi. 
Konferensiya “Matematik analiz”, “Matematik fizika”, “Algebra va funksional analiz”, “Differensial tenglamalar”, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” va “Matematik modellashtirish” sho‘’balarda o‘z ishini davom ettiradi. 

Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy - pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi