Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Yoshlar tarbiyasi – eng muhim masala

img

2018-yil 18-sentyabr kuni Iqtisodiyot va biznes fakultetida talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yig’ilishda fakultet professor-o'qituvchilari, talabalarning ota-onalari, guruh rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda universitet ma’muriyati vakillari so'zga chiqib, ota-onalar o'z farzandlarining dars mashg'ulotlariga qatnashishi, kiyinishi, yurish-turishidan tortib, har xil buzg’unchi kuchlarning ta'siriga tushib qolmasliklari uchun doim mas'ul ekanliklari ta’kidlashdi.

Tadbirda ota-onalarning boshqa majburiyatlari haqida ham so'z bordi, turli kimsalarning aldovlariga uchib ekstremistik guruhlarga qo'shilib ketgan va umri ayanchli yakun topgan ayrim yoshlar haqida hikoya qiluvchi “Hujradagi zulmat” hujjatli filmi namoyish etildi.