Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

XVIII yozgi Osiyo o’yinlari g’oliblari taqdirlandi 

img

Jismoniy madaniyat fakultetida joriy yilning 18-avgust-2- sentyabr kunlari Indoneziyada o’tkazilgan XVIII Osiyo o’yinlari musobaqasida ishtirok etgan universitet talabalarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda so’zga chiqqan SamDU rektori, prof. R. Xalmuradov bu galgi Osiyo o’yinlari mamlakatimiz uchun tarixiy ahamiyat kasb etganini – o’zbek kurashi aynan shu Osiyo o’yinlaridan e’tiboran mazkur sport anjumanining asosiy musobaqalari dasturiga kiritilganini ta’kidladi.

XVIII yozgi Osiyo o’yinlarida O’zbekiston sport delegasiyasi a’zolari 21 oltin, 24 kumush va 25 bronza, jami 70 medal qo’lga kiritdi. Quvonarlisi, ushbu natijalarni qo’lga kiritishda universitetimiz talabalaridan 10 nafari o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. Jumladan, sportning kurash turi bo’yicha 1-bosqich magistranti Shomurodov Sarvar Elbek o’g’li faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritib, bronza medali sohibi bo’ldi. 2-bosqich talabasi Najmiyev Shohjahon Zayniddin o’g’li akademik eshkak eshish bo’yicha faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritib, kumush medali sohibi bo’ldi. 3-bosqich talabasi Raximov Otamurod Azamat o’g’li akademik eshkak eshish bo’yicha faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritib, kumush medali sohibi bo’ldi. Shuningdek, 3-bosqich talabasi Muhammadev Abdullo Mahmarayim o’g’li, 3-bosqich talabasi Davronov O’ktam  Davron o’g’li, 3-bosqich talabasi Astanov Farrux Yashin o’g’li akademik eshkak eshish bo’yicha, 3-bosqich talabasi Mirzayeva Yodgora To’lqin qizi boks bo’yicha, 2-bosqich talabasi Kirpichev Ramil Aleksandrovich, 3-bosqich talabasi Bukanov Abubakir Musurmonqulovich slalomda eshkak eshish bo’yicha, 3-bosqich talabasi Ziyayeva Gulnoza Mavlonqulovna dzyudo bo’yicha XVIII yozgi Osiyo o’yinlarida ishtirok etdilar.

Tadbir so’ngida sportchi-talabalarimiz qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi