Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ajdodlar ruhiga ehtirom

img

Respublikamizda istiqlol yillarida tarixiy haqiqatni toptirish yo’lida Vatanimiz ozodligi va erkinligii yo’lida qurbon bo’lgan o’zbek xalqining farzandlari nomini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini o’rganish yosh avlodning insoniy burchidir. Bu ma’noda SamDU qoshida “Samarqand viloyati qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyining tashkil etilishi o’z Vatani tarixining og’ir, mashaqqatli sahifalaridan birini o’rganish uchun juda qulay imkoniyatdir.

Shu maqsadda 2018-yil 25-sentyabr kuni tarix fakulteti 204-gurux talabalari murabbiysi dots.D.N.Radjabova va tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasining o’qituvchisi M.I.Asatullayev rahbarligida ushbu muzey ekspozisiyalari bilan tanishib, katta taassurotlarga ega bo’ldilar. Muzeyda olgan ma’lumotlar talabalarning ajdodlar ruhiga ehtirom, istiqlol g’oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg’ularini yanada mustahkamlash uchun xizmat qildi.

D.N.Radjabova