Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

O’qituvchi va murabbiylar e’zozda

img

2018-yil 29-sentyabr kuni universitet faollar zalida “1-oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda universitet rektori R.Xalmuradov, prorektorlar, fakultet dekanlari, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda alohida o’rnak ko’rsatgan faxriy professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar. Bayram tadbirini ochar ekan, rektor R. Xalmuradov tadbir ishtirokchilarini O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi.

Universitet rektori buyrug’i asosida faolligi bilan ajralib turadigan professor-o’qituvchilar mehnatini munosib baholash maqsadida 230 nafar professor-o’qituvchi pul mukofoti bilan rag’batlantirildi. Shuningdek, 73 nafar professor-o’qituvchi universitet faxriy yorliqlari hamda universitet Birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan ajratilgan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir so’ngida universitetning “Guldasta” xor jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram konsert dasturi namoyish qilindi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi