Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Talabalarimiz buzg‘unchi g’oyalarga qarshi

img

2018-yil 4-oktyabr kuni Samarqand davlat universiteti faollar zalida  “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A. Eshtayev, Samarqand shahar Xo‘ja Yusuf masjidi imom-xatibi N. Mallayev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri E. Ulug‘murodov, dekan o‘rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etdi. 

Tadbirda diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, millatlararo totuvlikni saqlash, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta‘minlash, talabalarni norasmiy diniy oqimlar ta‘siridan saqlash, ularni bu oqimlarga kirib ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda internet orqali tarqalayotgan har xil buzg‘unchi g‘oyalar, reklamalar, yoshlarni har xil nojo‘ya xatti-harakatlarga undovchi xabarlarga qarshi qanday kurashish xususida so‘z bordi.

Tadbir so‘ngida ma’ruzachilar yig‘ilganlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi