Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Psixologiya sohasida ilmiy aloqalar

img

3-6-oktyabr kunlari Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasiga Hindiston davlatining Bombey texnologiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Psixofiziologiya laboratoriyasi professori, psixolingvist, tibbiyot psixologiyasi bo'yicha mutaxassis doktor Azizuddin Xan xizmat safari bilan keldi.

Bu tashrifdan maqsad, psixologiya yo'nalishida universitetlar o'rtasida ilmiy aloqalar o'rnatish, talaba almashish, doktorantura va stajirovkalar tashkil etishdan iborat.

Doktor Azizuddin Xan Psixologiya yo'nalishining 2-kursida psixolingvistika fanidan 1 haftalik leksiya kurslarini o'tdi. Bu mavzu talabalarda katta qiziqish uyg’otdi. Doktor Azizuddin Xan Psixologiya kafedrasi yosh izlanuvchilari R.Yu. Musinova, T.E. Eshquvvatov, K.B.Murodovga kelgusida ilmiy ishlar sohasida maslahatchi deb belgilanib, rasmiy hujjatlar imzolandi.

Xalqaro aloqalar bo’limi