Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ustozim – hayotim chirog‘i

img

Mexanika-matematika fakultetida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan “Ustozim – hayotim chirog‘i” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirni Mexanika-matematika fakulteti dekani prof. A. Begmatov kirish so‘zi bilan ochib, jamoa professor-o‘qituvchilari va bir paytlar shu dargohda ishlagan, hozirda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylarini bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda universitet rektori buyrug‘iga ko‘ra, faolligi bilan ajralib turadigan professor-o‘qituvchilar pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan faxriy professor-o‘qituvchilarga universitet Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir so‘ngida professor-o‘qituvchilar uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, bir piyola choy ustida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.