Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

SamDUda “Xalqaro qizlar kuni” nishonlandi

img

2018-yil 11-oktyabr kuni Samarqand davlat universiteti faollar zalida “Xalqaro qizlar kuni”iga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatori N. Rabbimova, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari, shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Po‘latova, Samarqand shahar Oila ilmiy-amaliy markazi mutaxissisi G.Husainova, universitet Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sh.To‘xliyeva hamda universitetning faol talaba-qizlari ishtirok etdi. 
Tadbirda ushbu bayramning mazmun-mohiyati hamda Xotin-qizlarning jamiyatda o‘rni, ularga berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z bordi. 
Tadbir so‘ngida faol talaba-qizlardan bir nechtasi tengdoshlariga o‘z yutuqlari va berilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish yo‘llari haqida gapirib berdilar.