Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Rektor kubogi musobaqasi 

img

2018-yil 10-15 oktyabr kunlari 18-oktyabr Samarqand shahri kuniga bag‘ishlangan futbol bo‘yicha universitet rektori kubogi musobaqasi o‘tkazildi. 
Musobaqada universitetning 14 ta fakultetidan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqada tarix fakulteti jamoasi 1-o‘rinni, mexanika-matematika fakulteti jamoasi 2-o‘rinni, kimyo fakulteti jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqada 1-o‘rinni egallagan tarix fakulteti jamoasiga universitet rektori kubogi topshirildi. Sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar azolari universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Musobaqa talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.