Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

18 oktyabr – Samarqand shahri kuni

img

Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda bugun Samarqand shahri kuni keng nishonlandi. Samarqand davlat universiteti ma’muriyati, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari va professor-o‘qituvchilardan iborat jamoa vakillari dastlab viloyatdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda Amir Temur maqbarasini ziyorat qildilar. Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. 
Bayramona bezatilgan Universitet xiyobonida asosan universitet jamoasi, yoshlar ittifoqi faollari, talabalar tomonidan turli ko‘rgazma va yarmarkalar, madaniy dasturlar namoyish etildi. 
“Sport – yoshlik shijoati va nafosati” shiori ostida marafon, velomarofon va badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqalar uyushtirildi.
Universitet talabalari uyushtirgan konsert dasturlari va ko‘ngilochar tadbirlar bu yerga tashrif buyurgan samarqandliklar va shahrimiz mehmonlariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.