Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Maktabda tarix fanidan ochiq dars

img

2018-yil 23-oktyabr kuni SamDU tarix fakulteti bitiruvchi-talabalarining pedagogik amaliyoti doirasida tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi bo‘yicha amaliyot o‘tayotgan talaba Uzoqboyev Sardor Samarqand shaxar XTBga qarashli 9-o‘rta umumta’lim maktabining 8-sinfida “Jaxon tarixi” fanidan “Yevropada uyg‘onish davri madaniyati” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.

Ochiq darsda tarix fanini o‘rgatishning innovatsion pedagogik usullari, informatsion texnologiyalardan unumli foydalandi va o‘quvchilarning faolligi ta’minlandi. Dars oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishildi. Ochiq darsda tarix fakulteti o‘quv-uslubiy kengashi raisi, dots. D.N. Rajabova, tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasining mudiri, dots. B.E. Ergashev, ped. amaliyot bo‘yicha raxbar, katta o‘qituvchi T.I. Maxmudov va maktab direktori D.Mavlonova qatnashib, o‘z fikr-muloxazalarini bildirdilar.

D.N. Rajabova