Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Yosh olim” tanlovi g‘olibi

img

2018-yilning 23-26 oktyabr kunlari Respublika Ekspomarkazida bo'lib o'tgan InnoWeek ilmiy va amaliy innovatsiyalar yarmarkasi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g‘risida»gi PQ-2909-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o'tkazilgan «Yosh olim» respublika tanlovi natijalari e’lon qilindi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 
Tanlovda SamDU Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasi tayanch doktoranti Musinova Ruxshona Yunusovna ijtimoiy-gumanitar yo'nalish bo'yicha ishtirok etib tanlov g‘olibi bo'ldi.
R.Yu.Musinovaga universitet professor-o‘qituvchilari nomidan kelajakdagi ilmiy-amaliy ishlariga omad tilab qolamiz. 

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi