Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi janob Kvong Yong U SamDU ga tashrifi

img

2018-yil 26-oktyabrda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi janob Kvong Yong U va uning hamrohlari SamDUga tashrif buyurdilar.
Bandligiga qaramasdan, mehmonlar universitetimizning ta’lim va ilmiy dasturlari bilan tanishish uchun vaqt ajratdilar.
Uchrashuv SamDUning asosiy o‘quv binosida bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni SamDU rektori prof. R.I.Xalmuradov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor M.G.Nasirov, maktabgacha ta’lim fakulteti dekani B.T.Haydarov va tarix fakulteti dekani D.M. Jo‘raqulova kutib olishdi.
Tashrif avvalida mehmonlar maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari va o‘qituvchilarining ijodiy ishlari ko‘rgazmalariga tashrif buyurdilar. Ko‘rgazmada rassomchilik va amaliy san’atga ixtisoslashgan talabalarning ijodiy ishlari namoyish etildi. Dutorchi talaba-qizlar ansambli a’zolari ikki mamlakatning milliy musiqasini namoyish etdilar.
Keyin mehmonlar eksponatlari mintaqamizning uzoq o‘tmishidan darak beruvchi Arxeologiya muzeyiga taklif qilindilar. Muzeyga tashrif yakunida mehmonlar noyob eksponatlarni ehtiyotkorlik bilan saqlaganlari uchun muzey xodimlariga minnatdorchilik bildirib, faxriy mehmonlar kitobiga tashakkur izhor etishdi. Muzeyni ziyorat qilgandan so‘ng, janob Elchi va universitet rahbariyati o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi.
SamDU rektori, professor R.Xalmuradov mehmonlarni Koreya universitetlari va SamDU o‘rtasidagi hamkorlikning holati bilan tanishtirdi. Dongguk, Gachong, Seul va Pussan universitetlari SamDU faol hamkorlaridan. Dongguk universiteti bizning maktabgacha ta’lim bo‘limiga dasturlarni modernizatsiya qilish va bir qator fanlarning elektron nusxalarini bo‘lishishga yordam beradi. Suhbatningoxirida janob Kvong Yong U. Koreya universitetlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda, shuningdek, universitetimiz talabalari va o‘qituvchilari uchun koreys tili kurslarini tashkil etishda universitet rahbariyatini qo‘llab-quvvatladi. Bundan tashqari, ilmiy-pedagogik kadrlarni birgalikda Koreya universitetlarida o‘qitish uchun imkoniyatlar muhokama qilindi. Rejalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun talabalar va o‘qituvchilar intensiv ravishda ushbu mamlakatning tili, madaniyati va ta’limini o‘rganishi kerak.


 

Xalqaro aloqalar bo‘limi