Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

«Shenmo»ta’lim markazi SamDUda

img

Pekindagi Xitoy Shenmo ta’lim markazining Vitse-prezidenti Li Yang Chin, Evropadagi vakilli professor Nurmira Jamangulova boshchiligidagi delegatsiya 2018-yil 25-oktabr kuni Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Ta’lim markazi vakillari va o’qituvchilari SamDU mexanika-matematika fakultetining talabalariga Mental matematikadan 3 kun davomida dars berdilar. Darslar juda qizg’in o’tdi va darslar yakunida o’quvchilardan test sinovlari olindi hamda muavaffaqiyatli topshirgan o’quvchilarga sertifikatlar topshirildi.

27-29-oktyabr kunlari Shenmo Xalqaro o'quv markazi institutining rahbariyati va  xodimlari tomonidan SamDU ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya yo’nalishi talabalari uchun o'quv seminari o'tkazildi. Buseminarning maqsadi O'zbekistonda ham «Shenmo Mental Matematika» sini rivojlantirish va O'zbekiston yoshlariga ham mental matematikani o'rgatish uchun boshlang'ich tayyorgarlikka ega o'qituvchilarni tayyorlash. Ushbu o'quv seminarida Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya yo'nalishi talabalari Mexribon Nabiyeva va Feruza Kenjayevalar qatnashib sertifikatlar bilan taqdirlandilar. «Shenmo Mental Matematika» xalqaro o'quv markazi vitse-prezidenti Li Yen Chin talabalarni 7-14-dekabrda Pekin shaxrida bo'ladigan Xalqaro Konferensiyaga taklif qildi. Talabalar ularga minnatdorchilik bildirishdi va oq yo'l tilab qolishdi.

Xalqaro aloqalar bo’limi