Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Hindiston elchisi universitetda hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi

img

Hindiston Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi janob Shri Vinod Kumar va unga hamroxlik qilgan shaxslar Samarkand davlat universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.
O‘zbekistondagi Hindiston elchixonasi va Lal Baxadur Shastri nomidagi Madaniyat Axbarot Markazi universititemizga tashrifi birinchi marta emas. O‘tgan yillarda Hindiston Yaogi namoyishi, ajoyib hind raqslari va albatta konsert dasturlari iborat bir kancha tadbirlar o‘tkazildi. 
Tashrif davomida mexmonlar madaniy tadbirlar, talabalar uchun maruza va hind filmlari namoyishida ishtirok etdi. Tashrif chog‘ida Hindiston elchisi Shri Vinod Kumara xonim bilan universitet rahbariyati o‘rtasida muzokalar bo‘lib o‘tdi. 
Tamonlar Hindiston oliy o‘quv yurtlari va Samarqand davlat universiteti ilmiy va ta’lim hamkorlik, qo‘shma istiqbolli loyihalar zarurligini muhokama qilishdi. 
Muzoakaralar davomida rektor prof.R.I.Xalmuradov universitet tarixi xaqida, uzoq yillar davomida ta’lim muassasining yutuqlari va imkoniyatlari shuningdek universitetni rivojlantirishning hozirgi darajasi uning dunyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan yaqin aloqalari jumladan Hindistonning Dehli universiteti, Javaxarlala Neru, Bombeydagi Hindiston texnologiyalari kabi oliy o‘quv yurtlari bilan halqaro aloqalarni izchil va faol ravishda kengaytirishga xizmat qilishini aytib o‘tdi. 
Janob Shri Vinod Kumar Samarqand universitetini O‘zbekistondagi rivojlangan universitetlardan biri deb bilishini va uning tarixidan xayratda qolganini e’tirof etdi. U SamDU rektori tomonidan to‘liq qo‘llab quvvatlanadigan bir qator aniq takliflarni kiritdi. Hindiston xukumati xorijiy olimlar va tadqiqotchilarni tadqiqot dasturlarida ishtirok etishga yoki Hindistonda dars berish imkoniyatlarini taqdim etadi. 
Hindistonda «ITEC» fan yoki ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan dastur bo‘lib, mazkur loyiha o‘z kasbida ba’zi bir qo‘shimcha vakolatlarga ega bo‘lishni istovchimutaxasis va professonallar uchundir. «ITEC» dasturi ishtirokchilari Hindistonning ixtisoslashgan instutlariga borib o‘qishlari va ularga zarur zarur bo‘lgan kurslarni tanlash imkoni berilishi mumkin. Ishtirokichlar ingliz tili, informatsion texnologiyalar yoki biznes boshqaruvi, kadralar boshqaruvi va boshqalarni o‘ranishlari mumkin. 
Hindiston tomoni o‘qishga va borish kelish xarajatlariga zarur pul mablag‘larini ajratadi. Kurs davomiyligi 7-10 kunga balkim 2-3 oygacha davom etishi mumkin. 
Muzakora ishtirokchilari Samarqand davlat universiteti va Hindiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik yuqori darajada izchillik bilan o‘tdi. 
Tadbirga bag‘ishlangankechada yig‘ilish a’zolari Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Shri Vinod Kumar Samarqand davlat universiteti matematik statistika faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi. 
U qadimiy hind va o‘zbek aloqalarining qadimiy tarixi va rivojlanishi haqida talabalarga va Samarqand davlat universiteti xodimlariga maruza o‘qidi va unga Faxriy professor Mantiyasi va diplom taqdim etildi. 

Xalqaro aloqalar bo‘limi