Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Ilmiy hamkorliklar yangi bosqichda

img

2018-yilning 27-30-oktyabr kunlari Kiyev Milliy universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori I.Y.Doroshenko Samarqand davlat universitetida bo‘lishdi.
Safar doirasida 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g‘risida»gi PQ-2909-sonli hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. 
Safar davomida professor I.Y.Doroshenko fizika fakulteti Optika kafedrasidagi iqtidorli talabalariga, magistrantlariga, doktarantlariga hamda yosh ilmiy xodimlarga ma’ruza darslari o’tishdi.
Shu bilan birgalikda 29-oktyabr kuni fakultet va kafedra professor-o’qituvchilari ishtirokida kengaytirilgan ilmiy seminar tashkil etildi. 
Shuningdek Samarqand davlat universiteti hamda Kiyev Milliy universiteti o’rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilish va yoshlarni Kiyev Milliy universitetida magistratura, doktaranturada o’qishlarini davom ettirishlari uchun kelishib olindi.


 

A.Absanov, fizika fakulteti dekani