Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Samarqand Davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni”

img

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining iste’dodli, iqtidorli o‘quvchilarini tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishini universitetda davom ettirishiga har tomonlama zamin yaratish maqsadida Samarqand Davlat universitetida 2017 yil 10 iyun kuni Akademik litseylar bitiruvchilari, 12 iyun kuni esa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Tadbirni universitet rektori R.I.Xalmuradov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

Tadbir davomida biologiya fanlari doktori, professor J.Xodjayev, fizika-matematika fanlari doktori, professor A.Jumaboyevlar universitetning faoliyati hamda Muhtaram Prezidentimizning “2017-2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi 2017 yil 5 maydagi PQ-2955-sonli qarori ijrosi bo‘yicha ma’ruzalar qildilar.

Tadbirda 800 nafardan ortiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirdan so‘ng bitiruvchilarga universitetning muzey, issiqxona, muzey-laboratoriya va laboratoriyalari bo‘ylab sayohati uyushtirildi.

http://samdu.uz/assets1/plugins