Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Rossiya bilan hamkorlikda pedogogika yo‘nalishda innovatsion tajriba va eng yangi amaliyotlar

img

31-oktyabr – 1-noyabr kunlari «Rossiya xalqaro ilmiy – texnikaviy xamkorlik uyi» assotsiatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, chet elda yashovchi vatandoshlar ishlari bo‘yicha Federal agentlik va xalqaro gumanitar xamkorlik – Rossiya xamkorligitashkiloti buyurtmasiga binoan va Samarqand davlat universiteti ko‘magida rus tili, adabiyoti, va fanlar o‘qituvchilari uchun rus tilida “Pedagogika 2.0: innovatsion tajriba va eng yangi amaliyotlar”mavzusida uslubiy tadbirlar o‘tkazishdi.
Ushbu tadbirlarda A.S. Pushkin nomidagi Rossiya davlat rus tili instituti, jaxon adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Petrivnyaya Yelena Kapitonovna,rus tili va adabiyotini maktabda o‘qitish tayanch kafedrasi mudiri, rus tilini o‘qitish metodikasi soxasida yetakchi mutaxassis,pedagogika fanlari nomzodi Gorbich Olga Ivanovnaxamda “Xalqaro ilmiy – texnikaviy xamkorlik Rossiya uyi” assotsiatsiyasi fan va ta’lim dasturlari bo‘limi maslaxatchisi, metodik tadbirlar kuratori, ta’lim menedjeri, federal maqsadli dasturlar koordinatori Chernyayeva Irina Yakovlevna, SamDU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori M.G.Nasirov, SamDU rus tili kafedrasi mudiri I.U.Mamasoliyev ishtirok etishdi.
Metodik tadbirlar Samarqand davlat universiteti Rus filologiyasi fakulteti bazasida bo‘lib o‘tdi va bu tadbirlarda Rus filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari, shuningdek, viloyatimiz va Samarqand shahrida joylashgan maktablarning rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari, kutubxona xodimlari ishtirok etishdi. 

Xalqaro aloqalar bo‘limi