Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Markaziy Osiyoda ta’lim shakllanishining ilk davri

img

 

Birinchi Renessans

X asr Markaziy Osiyoda ilm-fanning oltin davri sifatida e’tirof etilgan

  Bu davrda Markaziy Osiyo jahon fani rivojiga munosib hissa qo’shgan Xorazmiy, Farg’oniy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Zamaxshariy singari daholarni berdi.
     

Hozirgi O’zbekiston hududi jahon madaniyati tarixiga miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda «Oksus» (Amudaryo) yoki «Turon» sivilizasiyasi o’chog’i nomi bilan kirgan va u Sharq tamaddunining Nil, Yevfrat, Hind, Xuanxe kabi yorqin markazlaridan hisoblanadi. Jarqo’ton arxeologik kashfiyotlari Sherobod vohasida miloddan avvalgi II ming yilliklar o’rtasida shahar davlatchiligi bo’lganligini isbotlaydi. Miloddan avvalgi I ming yilliklarda «Avesto»ni yozib olish uchun maxsus alifbe, turkiy matnlarni yozish uchun «issiq» yozuvi, so’ngra xorazmiy, so’g’diy, baxtariy alifbolari yaratilgan. Binobarin, O’zbekistonda ta’limning tug’ilishi ana shu davrlarga borib taqaladi.

Kushonlar imperiyasidan so’ng o’zbek davlatchiligi VIII–XII asrlarda Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davrida ikkinchi bor  taraqqiyot cho’qqisiga ko’tarildi. Ibrohim Tamg’ochxon davrida (XI) Markaziy Osiyo hududlarida tinchlik, osoyishtalik, siyosiy barqarorlik hukm surdi, iqtisodyot, savdo va madaniyat rivojlandi. Dunyo ilm-fani markazi Movarounnahrga ko’chdi. Xivada Ma’mun akademiyasi yuzaga keldi. Buxoro, Binkat (Toshkent), Kesh (Shahrisabz), Nasaf (Qarshi), Termiz, Urganch singari tarixiy shaharlardagi madrasayu  maktablarda diniy va dunyoviy ilmlardan saboq berildi.

 

Hyerman Vamberi:

IX-X asrlarda Buxoro shahridagi madrasalar soni butun islom Sharqidagi madrasalar sonidan ko’p bo’lgan.

     

Mana shunday sharoitda birinchi Uyg’onish davri – Renessans yuzaga keldi.

     
XI-XII asrda Samarqand shahrida 17 ta madrasa mavjud bo’lgan va madrasalar shaharning o’ziga xos «oliy o’quv yurtlar shaharchasi» - Roboti G’oziyonda joylashgan.                                    N.Nemseva
Buyuk olim Imom Moturidiy «Raboti G’oziyon» madrasasida tahsil olgan.
 
  Hadis: 
Bir soatgina ilm o’rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan ro’zadan afzaldir.
 
Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va farog’atga hyech bir zahmatsiz yetkazadi.
Abulays Samarqanday

Bilim ul boylikkim, sarf bilan bitmas,

O’g’ri urib ketmas, shoh qo’li yetmas.

Yusuf Xos Hojib

     

 

 

 

 

 

 

 

http://samdu.uz/assets1/plugins